Video: Erkak itini bo‘g‘ayotgan kenguruga musht tushirdi
Tarmoqda itini bo‘g‘ayotgan kenguruga musht tushirgan avstraliyalikning videosi paydo bo‘ldi. Voqeaning bunday tus olishini kutmagan kenguru qochib qoladi. Facebook va Twitter foydalanuvchilari itning egasi tomonidan qo‘llanilgan ushbu chorani olqishlashadi.
It savannani eslatib yuboruvchi joyda bo‘layotgan sayohatda mashinadan sakrab tushib ketadi. Egasi uni to‘xtatishga harakat qiladi, uning ortidan borib ko‘rsa-ki, itini kenguru ushlab olgancha bo‘g‘ayapti. Internetda tarqalgan videodan ko‘rinib turibdiki, erkak bokschilardek turib olib, jonivorning boshiga musht tushiradi. Kenguru ma'lum bir vaqt ichida hech qanday harakat qilmay turadi, shundan so‘ng noma'lum yo‘nalish bo‘ylab yugurib ketadi.
Video avstraliyalikning mashinasidan tasvirga tushirilgan. Rolik uning do‘sti tomonidan Facebook’da e'lon qilingan. Bir sutka ichida uni 3,7 million marta tomosha qilishgan va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishgan.
Izohchilarning fikri ikkiga bo‘lingan. Bir taraf erkak kenguruni urmasligi kerak, deb hisoblayotgan bo‘lsa, ikkinchi taraf boshqa yo‘l bilan kenguruni to‘xtatib bo‘lmas edi, deb fikr bildirmoqda.
Mavzuga oid
13:20 / 30.10.2024
RF 131 nafar Avstraliya fuqarosini «stop-list»ga kiritdi
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
21:02 / 22.10.2024