17:53 / 05.12.2016
6787

Janubiy Koreya prezidenti iste'foga chiqish muddatini e'lon qilishi mumkin

Foto: Reuters

Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe parlamentda unga nisbatan impichment e'lon qilishidan avval millatga murojaat qilishi mumkin. U o‘z xalqiga qarata navbatdagi ma'ruzasida iste'fosiga oid aniq bir muddatni ma'lum qilishi ehtimol, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi ekspertlar va diplomatik doiralar vakillari fikrlariga tayangan holda. 

"Taxminimcha, u 7 dekabr kuni xalqiga yangi murojaat qiladi. Uning bundan boshqa chorasi yo‘q. O‘ylaymanki, Pak Kin Xe aprel oyi oxirida o‘z lavozimini tark etadi. Shu bilan muxolifatning impichment borasidagi bosimi biroz zaiflashadi", — deya hukmron blok vakilining so‘zlarini keltiradi agentlik. 

O‘tgan haftada parlamentdagi uchta muxolif partiya prezident impichmenti bo‘yicha qonun loyihasini kiritgan edi. Ushbu hujjat bo‘yicha ovoz berish jarayoni 9 dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid
Top