09:00 / 06.12.2016
16631

6 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto:kun.uz

5 dekabr tuni va 6 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Irina Rodnina O‘zbekistondagi saylovlarda o‘zini to‘lqinlantirgan jihatlarga to‘xtaldi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining yurtimizdagi missiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari yuksak saviyada o‘tgani, ularda demokratik tamoyillarga to‘la amal qilinganini ta'kidlab o‘tishdi.

>>>  Batafsil 

Turk delegatsiyasi: O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari turk xalqi uchun ibratdir

Foto: «Turkiston-press»

«Marmara Group» strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi bosh direktori Akkan Suver 5 dekabr kuni o‘zining o‘rinbosari Shamil Ayru, Sayin Ismoil Sayfiy, Mehmet Sayfid Erol va Ayrel xonim hamrohligida Toshkent shahridagi matbuot markaziga tashrif buyurib, saylovlar bo‘yicha bayonot berdi.

>>>  Batafsil 

YeXHT: O‘zbekistondagi saylovlar keng qamrovli islohotlar zarurligini ko‘rsatdi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borilishi zarurligini ko‘rsatgan.

>>>  Batafsil 

Rossiya Dumasidagilar O‘zbekistondagi saylov natijalariga munosabat bildirmoqda

Rossiya davlat dumasi delegatsiyasi kuzatuvchilariga rahbarlik qilgan xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Slutskiyning hisoblashicha, O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlik va qalin qo‘shnichilik ruhida saqlanib qolishini ta'minlaydi.

>>>  Batafsil 

Rossiya bosh vaziri Medvedev Shavkat Mirziyoyevni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi

Foto: © RIA

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning yangi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

>>>  Batafsil 

Ukraina bosh shtabi Rossiyaning "barcha tomondan" hujum qilishi mumkinligini aytdi

Foto: Reuters

Mujyenkoning aytishicha, Ukraina bosh shtabida harbiy xarakterdagi bu xavflar haqiqatan mavjud deya baholanmoqda.

>>>  Batafsil 

AQShda hindular noroziligidan keyin neft quvuri qurilishi to‘xtatildi

Foto: AFP/Scanpix

AQSh hukumati mahalliy hindularning uzoq davom etgan noroziliklari sababli Shimoliy Dakota shtatidan o‘tuvchi neft quvuri qurilishini noma'lum muddatga to‘xtatdi.

>>>  Batafsil 

Putin shaxsiy hayoti haqidagi savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chelyabinsklik ishchilar bilan uchrashuvida shaxsiy hayoti va faoliyatidagi intilishlari haqidagi savollarga javob berdi.

>>>  Batafsil 

Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytadi. Bugun u Toshkentda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

>>> Batafsil 

Turkiya razvedka sun'iy yo‘ldoshini uchirdi

Turkiyaning razvedka sun'iy yo‘ldoshi Göktürk-1 5 dekabrda Frantsuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan orbitaga uchirildi.

>>>  Batafsil 

Chikagoda yengilmas bokschini otib ketishdi

Foto: Getty Images

Amerikalik o‘rta vazn toifasida yengilmas bokschi Ed Braun (20-0, 16 nokaut) Chikagoda otib ketildi.

>>> Batafsil 

Odil Ahmedov yubileyini nishonlamoqda

«Krasnodar» va O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov o‘ziga yubileyini nishonlaydigan bo‘ldi.

>>>  Batafsil 

Yaponiya chempionatida ilk o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin

Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi Qarshining «Nasaf» jamoasi vakili Fozil Musayev bilan muzokaralar olib bormoqda.

>>>  Batafsil

Top