08:05 / 06.12.2016
5099

Angliya kubogiga qur'a tashlandi. «Vest Hem» «Manchester Siti»ga qarshi, «Tottenhem»- «Aston Villa», «Preston»-«Arsenal» va boshqa juftliklar

Angliya kubogining 3-raundiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra 1/32 final bosqichidayoq bir qator qiziqarli juftliklar yuzaga.

Angliyaning yetakchi jamoalaridan biri «Manchester Siti» bu bosqichda «Vest Hem» mehmoni bo‘ladi. «Tottenhem» esa o‘tgan mavsumda chempionshipga tushib ketgan «Aston Villa» bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Qur'a «Arsenal»ga «Preston»ni ro‘baro‘ qildi.   «Manchester Yunayted» esa chempionship vakili «Reding» bilan o‘z uyida o‘ynaydigan bo‘ldi. Yana bir qiziqarli uchrashuv «Everton» va «Lester» jamoalari o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

«Chelsi» va «Liverpul» jamoalari raqiblari hozircha aniq emas «Notts Kaunti» va «Piterboro» juftligi g‘olibi 1/32 finalda Antonio Konte jamoasiga qarshi maydonga chiqsa, Klopp jamoasini «Kaunti Nyuport» va «Plimut» juftligida muvaffaqiyat qozongan jamoa kutib turibdi. Qolgan juftliklar bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Angliya kubogi
1/32 final


Ipsvich Taun - Linkoln Siti/Oldhem (hali g‘olib aniqlanmagan juftliklar keyingi o‘rinlarda / belgisi orqali ajratib chiqilgan)
Vest Hem - Manchester Siti
Chelsi - Notts Kaunti/Piterboro
Preston - Arsenal
Everton - Lester Siti
Liverpul - Kaunti Nyuport/Plimut
Barrou - Rochdeyl
Manchester Yunayted - Reding
Xall Siti - Suonsi
Sanderlend - Byornli
KPR - Blekbern
Milluoll - Bornmut
Brayton -MK Dons/Charlton
Blekpul - Barnsli
Birmingem v Nyukasl
Midlsbro - Sheffild Uensdey
Vest Bromvich - Derbi Kaunti
Uikomb - Northempton/Staurbrij
Uotford - Berton Albion
Kardiff Siti - Fulhem
Stok Siti - Vulverhempton
Kembridj Yunayted - Lids Yunayted
Bristol Siti - Flitvud Taun/Shrusberi
Haddersfild Taun - Port Ueyl
Tottenhem - Aston Villa
Brentford - Halifaks Taun / Istli
Bolton - Kristal Pelas
Norvich Siti - Sauthempton
Satton Yunayted - AFK Uimbldon
Akkrington Stenli - Luton Taun
Roterhem Yunayted - Oksford/Makklsfild

Angliya kubogining 1/32 final bosqichi o‘yinlari 2017 yilning 6 va 9 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Top