2−4 dekabr kunlari Minskda (Belarus) «MDH ochiq kubogi — ITF taekvondo bo‘yicha jahon kubogi» turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ITF taekvondo Milliy assotsiatsiyasi ma'lumotiga asoslanib, «Gazete.uz» xabar bermoqda.
Musobaqada Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Shimoliy Koreya, Latviya, Moldova, Rossiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Uels singari 19ta mamlakatdan 1,2 mingdan ziyod sportchi tashrif buyurdi. Jumladan, O‘zbekistondan 47 vakil ishtirok etdi.
Turnir yakunida O‘zbekiston jamoasi 34 medalni — 17 oltin, 1 kumush, 16 bronzo qo‘lga kiritdi va umumiy hisobda birinchi o‘rinni egalladi.
Terma jamoa, shuningdek, erkaklar o‘rtasida jamoaviy sparringga tushish bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yoshlar bu borada uchinchi bo‘ldi.