BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda BMT axborot markazi xabar bermoqda.

«Bosh kotib prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyevni tabriklaydi», — dedi BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

Xalqaro tashkilot rahbari O‘zbekiston xalqini BMT tomonidan doimiy ravishda ko‘mak ko‘rsatilishiga ishontirdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘tgan prezidentlik saylovi muvofiq tarzda to‘g‘ri o‘tkazilganini e'tirof etdi.