23:31 / 06.12.2016
18971

Nazarboyev chor Rossiya tomonidan Qozog‘istondan olib chiqib ketilgan boyliklar haqida so‘zlab berdi

Foto: © RIA

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hududi Rossiya mustamlakasi bo‘lganda "yerdan olingan barcha boyliklar" chor Rossiya ma'muriyati tomonidan olib chiqib ketilganini aytdi. Bu haqda «Informbyuro» xabar bermoqda

"Chor Rossiyasi vaqtida yerdan olingan boyliklarning hammasi olib chiqib ketilgan, bizga esa kavlab tashlangan yer qoldirishgan va chang yutishga majbur qilishgan. Bizda hattoki yo‘llar ham bo‘lmagan. Endi-chi ko‘ryapsizlarmi, qanday temir yo‘lni ishga tushirdik? Avval bunday narsa bo‘lmagan, chunki mustamlaka bo‘lganmiz", deb aytdi Nursulton Nazarboyev «Altyn sapa» (Oltin sifat) prezident mukofoti sovrindorlarini mukofotlash davomida.

Nazarboyev hozirda Qozog‘iston iqtisodiy jihatdan rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tdi. "Biz to‘xtamayapmiz: ulkan korxonalarni ishga tushirmoqdamiz, yangi ish o‘rinlari, zamonaviy zavodlar yaratmoqdamiz. Hozir dunyoda kim buni qilmoqda? Qaysi davlat? Bunaqa davlat yo‘q", deb aytdi Qozog‘iston prezidenti.

Bundan tashqari, Nazarboyev Qozog‘istonda "buyuk xalq" yashashiga ishonchi komilligini aytdi. "Va siz barchangiz shu xalqning vakilisizlar", deb yuzlandi ishtirokchilarga Nazarboyev. 

 

Top