21:18 / 06.12.2016
11571

Nazarboyev yosh ko‘rinish sirlarini oshkor qildi

Foto: FOTO NEWTIMES.KZ

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining eng muhim orzusini ma'lum qildi – mamlakatni rivojlangan 30ta davlat ichida ko‘rish. Va uning fikricha orzuning amalga oshishiga yaqin qoldi. Bundan tashqari, prezident yoshlik sirlari haqida ham gapirdi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan xabar bermoqda.

"Inqirozga qaramay, biz taraqqiy etayapmiz, to‘xtamaymiz va yirik korxonalarni ishga tushiramiz. Yangi ish o‘rinlari, zamonaviy zavodlar tashkil etilmoqda. Bu ishlarni dunyoda kimlar qilmoqda? Qaysi davlat? Hech qaysi.

Insonda orzu bor ekan u hech qachon qarimaydi. Orzu bilan yashash kerak. Ana shu orzu tomon harakat qilmoq lozim. Orzu juda katta bo‘lmog‘i kerak. Uning yarmiga yetgan taqdiringda ham omadga erishgan bo‘lasan. Birinchi galda bu gaplar yoshlarga tegishli", — dedi Nazarboyev.

 

Top