Jamiyat | 00:46 / 06.12.2016
40293
2 daqiqa o‘qiladi

Putin shaxsiy hayoti haqidagi savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chelyabinsklik ishchilar bilan uchrashuvida shaxsiy hayoti va faoliyatidagi intilishlari haqidagi savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Ishchilardan biri Putin bilan 5 yil ichida korxonada muvaffaqiyatli karera qurish haqidagi orzusi bilan bo‘lishdi va Putindan bu boradagi intilishlari haqida so‘radi.

"Men o‘z kareramni muvaffaqiyatli yakunlamoqchiman", deb tabassum bilan javob bergan Putin.

Putin shaxsiy hayotga qachon vaqt topa olishi haqidagi savolga "Qanchalik ko‘p narsa qilsang, shunchalik ko‘p narsaga ulgurasan" degan prinsipga amal qilishni tavsiya qildi hamda hamma narsa me'yorida bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

"Men hammasiga ulgura olishimni qayerdan bilasiz?", deb hazil savol bergan Putin.

Putinning ta'kidlashicha, "shaxsiy hayot bilan hamma shug‘ullanishi lozim". 

Putin Chelyabinskda quvurlar uchun detallar ishlab chiqaruvchi korxonani tantanali ravishda ishga tushirib berdi.

 

Mavzuga oid