12:12 / 06.12.2016
8316

Rossiya va Xitoy BMT XKda Halab bo‘yicha rezolyutsiyani to‘sib qo‘yishdi

Foto: Globallookpress.com

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashida (XK) Suriyaning Halab shahrida vaqtinchalik sulhni ko‘zda tutgan rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘yishdi. 

Hujjatga Venesuela ham qarshi chiqqan bo‘lib, “ha” javobini yoqlab XKning 11 a'zosi ovoz bergan. Ular ichida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya bor. Angola esa betaraf qoldi.

Rezolyutsiya loyihasi harbiy harakat ishtirokchilari “kishilarning o‘limiga yoki jarohat olishiga olib kelishi yoki fuqarolik obektlariga zarar keltirish ehtimoli bo‘lgan barcha hujumlarni tezlik bilan va butunlay to‘xtatish”ni ko‘zda tutadi. Shuningdek, BMT XK ro‘yxatiga kiritilgan terrorchilik guruhlari Halabning sharqiy qismini tark etishga majburligi ham belgilab qo‘yilgan. Hujjatda harbiy harakatlarda doimiy 48-soatlik tanaffusni joriy etish ham taklif qilindi.

Ovoz berish jarayonidan avval RFning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Yangi Zelandiya, Ispaniya va Misr tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihasini to‘sqib qo‘yishni va'da qildi.

Avvalroq, rossiyalik siyosatchi hujjatni ko‘rib chiqishni rossiyalik va amerikalik mutaxassislarning uchrashuviga qadar qoldirishni taklif qilgan. Uning ta'kidlashicha, RF TIV Sergey Lavrovning AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan Rimdagi uchrashuvida Sharqiy Halab bo‘yicha rejani ishlab chiqishga kelishib olingan. 
 

Top