XXR raisi Si Tszinpin Shavkat Mirziyoyevga, uning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Xitoy TIV.
"Men xitoy-o‘zbek munosabatlarini rivojlantirishga va siz bilan qalin do‘stona aloqada bo‘lishga, xitoy-o‘zbek strategik hamkorligini ikki mamlakat va xalqlar manfaatlari yo‘lida har tomonlama rivojlantirish uchun birgalikda ishlashga katta ahamiyat beraman", — deyiladi Xitoy yetakchisining maktubida.
XXR raisining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va O‘zbekiston yaxshi qo‘shni, do‘st va hamkorlardir.
2016 yil 4 dekabrida O‘zbekiston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tdi. MSK bayonotiga ko‘ra, respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz to‘plagan.











