O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning dekabr oyida “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlab Toshkent shahridagi maxsus maktab- internatlarida paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator sport musobaqalarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Jumladan, 6 dekabr kuni Toshkent shahridagi Ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatida yengil atletika, armrestling va dzyudo sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 50dan ortiq bolalar ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.