08:39 / 06.12.2016
6159

Venesuela ayollari taom va dori-darmon xarid qilish uchun sochlarini sotmoqda

Foto: Getty Images

Venesuelada istiqomat qiluvchi ayollar, mamlakatda davom etayotgan jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz tufayli taom, bolalar tagligi va dorilar uchun sochlarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, so‘nggi haftalarda pul topishning bu usuli ancha keng tarqalmoqda. Venesuelaning San-Antonio shahrini Kolumbiyaning La-Parada shahri bilan bog‘lovchi ko‘prigida o‘nlab kishilar soch xarid qilishni aytib turishadi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kuniga taxminan 200 nafar ayol Kolumbiya hududidagi qo‘lbola punktlardan biriga keladi. Bu yerdan olingan sochlar Kolumbiyaning Kali shahrida sotiladi. 

45 yoshli sotuvchi ayol Selina Gonzales bir soatlar navbatda turib, sochini 60 ming Kolumbiya pesosi (taxminan 20 dollar)ga sotgan. Bu Venesuelada eng kam oylik ish haqi va taom uchun beriladigan talon qiymatiga tengdir. 

Venesuela axborot vazirligida agentlikning savoliga izoh berishmagan. 

Hozirda, Venesuelada milliy pul birligi – bolivarning haddan ortiq qadrsizlanishi va giperinflyatsiya kuzatilmoqda. Shu sababli sotuvchilar pullarni tarozuda o‘lchab olishayapti. 

 

Top