Deputatlar soliq va byudjyet siyosatiga aloqador qonun loyihasini muhokama qilishdi

Arxiv surat
6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Quyi palata deputatlari o‘z ishlarini “Soliq va byudjyet siyosatining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
Chunonchi, qonun loyihasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Bu 2017 yilga mo‘ljallangan soliq va byudjyet siyosatining tasdiqlangan konsepsiyalarini amalga oshirish, qonun hujjatlaridagi ayrim normalarning aniqlashtirilishi va bir xil ma'noda qo‘llanilishini ta'minlash bo‘yicha huquqiy shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish tadbirkorlik faoliyati sohasidagi huquqiy tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgandir.
Deputatlar mazkur qonunlarni qabul qilish va Oliy Majlis Senatiga ko‘rib chiqish uchun yuborish to‘g‘risida qarorlar qabul qildilar.
Amaliy muloqot chog‘ida parlament quyi palatasining deputatlari “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ham muhokama qildilar.
Ta'kidlandiki, ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi intellektual mulk egalarining huquqlarini ularning mahsulot belgilaridan insofsiz raqobatchilar tomonidan foydalanilishidan himoya qilish darajasini sifat jihatdan oshirish, tadbirkorlik sub'yektlariga ro‘yxatga olingan tovar belgilari to‘g‘risidagi axborotlardan jadal foydalanish, sud qarorlarini qabul qilish chog‘ida tovar belgisini insofsizlik bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishidan tadbirkorlik sub'yektlarini himoya qilishda yakuniy qarorning yanada aniq va bir xilda ifodalanishini ta'minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tovar bozorlarida insofsiz raqobat holatlariga qarshi yanada samaraliroq kurashish va bunday holatlarning oqibatlarini bartaraf etish juda muhimdir. Normalar intellektual mulkni himoya qilish huquqining xalqaro amaliyotiga muvofiqlashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
Jahon | 07:50
-
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 07:39
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
Mavzuga oid

10:04 / 12.05.2025
“Mono-markazlarda o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan ta’minlanmagan” – deputat

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025