Jahon | 15:16 / 07.12.2016
8845
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa auditorlar sudi mintaqaning eng korrupsiyalashgan mamlakatini ma'lum qildi

YeIning islohotlar o‘tkazish maqsadida Ukrainaga moliyaviy yordam berayotganiga qaramay, respublika hamon Yevropaning eng koruptsiyalashgan mamlakati bo‘lib qolmoqda. Jamiyatdagi ushbu salbiy ko‘rinishga barham berib bo‘lmayapti, deyiladi Yevropa auditorlari sudining maxsus hisobotida. "YeIning Ukrainaga yordami" nomli hujjat haqida TASS agentligi xabar qilmoqda.

Unda aytilishicha, YeAS YeIning 2007-2015 yillarda Ukrainaga ko‘rsatgan yordami samaradorligini o‘rganib chiqqan. "YeIning Ukrainaga yordami cheklangan ta'sirga ega bo‘lgan, garchi islohotlar o‘tkazishga turtki bergan bo‘lsa-da, uning natijalari juda zaifligicha qolmoqda", - deyiladi hisobotda. 

Ta'kidlanishicha, Bryussel katta miqdordagi pullarni strategiyani kelishib olmasdan ajratavergan. "YeI 2014 yildagi Ukraina inqiroziga zudlik bilan javob berdi va 7 yillik muddatga 11,2 mlrd yevro mablag‘ ajratgan. Ammo, bular chuqur o‘ylanmasdan hamda maxsus strategiya qabul qilinmasdan amalga oshirilgan", - deb izohlagan YeAS.

YeAS hisobotida aytilishicha, bugungi kunda Ukraina "islohotlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, Yevropa mintaqasidagi poraxo‘rlik eng avj olgan davlat" bo‘lib qolmoqda. 

"Oligarxlarga tegishli to‘dalar Ukraina iqtisodiyoti, siyosati va OAVga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda", - deya ta'kidlangan YeAS hisobotida. 

Mavzuga oid