10:16 / 07.12.2016
5597

Yevropa Ittifoqi auditorlari: Ukraina siyosati va OAV oligarx jamoalar nazoratida

Foto: Getty Images

Yevropa auditorlar sudi (YeSA) mutaxassislarining fikricha, Ukraina siyosati va OAV oligarx jamoalar nazoratida qolgan. Bu haqda sud saytida chop etilgan hisobotda aytilgan.

"Oligarx jamoalar Ukraina iqtisodiyoti, siyosati va OAVga eng katta ta'sir ko‘rsatishda davom etmoqda", deyilgan hisobotda.

Ma'lum qilinishicha, auditorlar, shuningdek, 2007 yildan 2015 yilgacha Ukrainadagi davlat moliyalarini boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurash va gaz tarmog‘iga baho berishgan.

Sud mutaxassislarining fikricha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga gaz tarmog‘ida samaraliroq yordam berishi kerak.

Avvalroq YeSA Ukrainani Yevropaning eng korrupsiyalashgan davlati deb atagandi.

 

Top