22:35 / 07.12.2016
7043

FIFA prezidenti jahon chempionatida guruhlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati final bosqichi formatiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha yangi g‘oyalarni taqdim etishda davom etmoqda.

Infantino JCh-2026dan boshlab jamoalar sonini 48taga yetkazishi va jamoalar 3tadan bo‘lib 16 guruhga bo‘linishi g‘oyasini ilgari surmoqda.

Mazkur taklif FIFAning Tsyurixda 2017 yil 9-10 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida muhokama qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top