00:38 / 07.12.2016
4198

"Formula-1"ning Mercedes jamoasi poygachi Rosberg o‘rniga nomzod izlamoqda

"Formula-1"ning Mercedes jamoasi o‘z poygachisi Niko Rosberg o‘rniga Fernando Alonso nomzodini ko‘rib chiqmoqda. 

"Biz Fernando nomzodini ko‘rib chiqishimiz kerak. Men uni hurmat qilaman. U o‘zida iste'dod, tezlik va tajribani mujassamlashtirgan. Biroq uning McLaren bilan shartnomasi bor, shuning uchun biz boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishimiz kerak. Biz ikki poygachi bir xil mavqe va bir xil imkoniyatlarga ega bo‘ladigan tizimni qo‘llab-quvvatlaymiz", deb aytdi jamoa ijrochi direktori Toto Volff.

McLaren Technology Group rahbari Zak Braun ispan poygachisi jamoani tark etishidan tashvishlanmasligini aytdi.

"Bizda Fernando bilan shartnoma bor va u jamoada o‘zini juda baxtiyor sezadi. Shubhasiz, u biz kabi yutishni istaydi, biroq biz uning jamoani tark etishidan tashvishlanmayapmiz", deb aytgan Braun.

Mercedes poygachisi Niko Rosberg 2016 yilgi mavsumda ilk bor chempion bo‘lgach poygadan ketishini ma'lum qilgan. Alonso 2015 yilda McLaren’ga qaytdi. U bu jamoa uchun 2007 yilda ishtirok etgan. O‘shanda uning sherigi Mercedes’ning hozirgi poygachisi Lyuis Xemilton bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid
Top