Indoneziyada 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida Ache g‘arbiy viloyatining Pididjaya tumanida 18 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bergan The Sydney Morning Herald tuman rahbari Said Mulyadiga tayanib.
«O‘nlab kishilar binolar vayronasi tagida qolmoqda», - degan Mulyadi.
Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, vayron bo‘lgan binolar soni o‘n yettitani tashkil etmoqda.









