23:43 / 07.12.2016
8760

Pokistonda qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Foto: © AP Photo/ Anjum Naveed

Pokistonda 7 dekabrda qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Pokiston fuqarolik aviatsiyasi vakiliga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi. 

"Hech kim omon qolmagan", deb aytgan vakil. Uning so‘zlarini Pokiston xalqaro avialiniyalari vakili ham tasdiqlagan.

Bortida 47 kishi bo‘lgan samolyot Pokistonning Xavelian shahri yaqinida halokatga uchradi. OAVda chop etilgan yo‘lovchilar ro‘yxati 42 odamni o‘z ichiga olgan, ulardan 31 nafari erkak, 9 nafari ayol va 2 nafari yosh bola bo‘lgan. Shuningdek, kamida uch nafar xorijlik bo‘lgan. 

Samolyot Chitral shahridan mahalliy vaqt bilan soat 15.30da parvoz qilgan va Islomobodda 16.40da qo‘nishi kerak bo‘lgan.

 

Top