00:22 / 07.12.2016
9811

Saakashvili Poroshenkoga impichment e'lon qilmoqchi

Foto: TASS, arxiv

Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili uning "Yangi kuchlar harakati" partiyasining maqsadi Ukrainada siyosiy sinfni to‘liq o‘zgartirish hisoblanishini aytdi.

Shu bilan birga Saakashvili yangi partiyaning Oliy radaga muddatdan avval saylovlarda g‘alaba qozonishi va shundan keyin prezidentga impichment e'lon qilishning iloji bo‘lishiga ishonch bildirdi. 

"Bizning maqsad – Ukraina siyosiy sinfini o‘zgartirishdir. Prezident Poroshenko menga bosh vazir bo‘lishni taklif qilganda, menda bosh vazir bo‘lishdan ko‘ra yuqoriroq ambitsiyalar borligini aytgandim. Men siyosiy o‘yinning qoidalarini butkul o‘zgartirmoqchiman. Men siyosiy sinfni to‘liq o‘zgartirmoqchiman va bu jarayonning bir qismi bo‘lmoqchiman", deb aytdi Saakashvili Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida. 

Saakashvili Oliy radaga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi zarurligini aytdi. "Agar muddatdan avval saylovlar o‘tkazilmasa, agar bu rada yana ikki yildan ko‘proq bo‘lsa, biz bu yerda xaos olishimiz mumkin", deb aytdi Saakashvili.

Shu bilan birga Saakashvili muddatdan avval saylovlar uning partiyasiga g‘alaba olib kelishiga ishonmoqda. "Bizda ko‘pchilik bo‘lishi bilan, biz istalgan qonunni o‘tkaza olamiz. Biz prezident taqiqlovini yenga olamiz. Va biz impichment e'lon qila olamiz", deb aytdi Saakashvili.   

Saakashvili tezda o‘z so‘zlarini tuzatib quyidagicha fikrni bildirdi: "Yo‘q, men impichment bilan qo‘rqitmayapman. Men bu siyosatni yurgazish va bu siyosatni yurgazish uchun biror-bir to‘siqdan xalos bo‘lish uchun vosita bo‘lishini aytmoqdaman".

Saakashvili o‘zgarishlar zarurligi haqida gapirib, Ukraina siyosiy sinfi 25 yil mavjudligidan beri mamlakat aholiga yalpi ichki mahsulot bo‘yicha Yevropadagi eng nochor davlatlardan biriga aylanganini aytdi. 

 

Mavzuga oid
Top