O‘zbekistonda ruxsat berish tusidagi litsenziyalar soddalashtiriladi

6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda deputatlar “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga hamda boshqa qonun hujjatlariga e'tiborni qaratdilar.
Ta'kidlandiki, mazkur tuzatishlar ruxsat berish tusidagi litsenziyalar va hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini takomillashtirishga va shu bilan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ruxsat berish tusidagi litsenziyalar va hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishga hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish sohasini huquqiy tartibga solish borasidagi noaniqliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Majlis qiziqarli bahs tarzida o‘tdi, bu esa ushbu huquqiy hujjatlarni har tomonlama muhokama etish imkonini berdi. Parlament vakillari Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.
Mavzuga oid

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:14 / 19.04.2025