14:49 / 08.12.2016
10159

AQShda nogiron qizchaning sochidan tortib, sudrab yurgan o‘qituvchi ta'lim berish huquqidan mahrum etildi (Video)

AQSh o‘qituvchilar tartib-intizom komissiyasi imkoniyati cheklangan o‘quvchining sochidan tortib, sudrab yurgan ayol o‘qituvchini 12 yilga ta'lim berish huquqidan chetlatdi, deb xabar berdi Fox News. 

Voqea Missisipi shtatining Grinvill shahridagi maktabda ro‘y bergan bo‘lib, mojaro ro‘y bergan voqeaning videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lganidan so‘ng avj oldi. Yozuvda qizcha sport zalidan chiqishni istagani, biroq o‘qituvchi esa uning sochidan ushlab yer bo‘ylab sudrab yurgani tasvirlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘qituvchi intizom komissiyaning eshituvlarida o‘z aybini tan olgan.

"Atigi 20 soniyada 20 yillik o‘qituvchilik faoliyatiga barham berish mumkin", - deb ta'kidlab o‘tdi komissiya vakili.

Ayni damda mahalliy sud vakillari o‘qituvchini nogiron bilan yomon munosabatda bo‘lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish harakatida.

Top