Halabni ozod qilish Suriyadagi urushga ta'sir qiladi, biroq uni tamom bo‘lishini anglatmaydi, deya ma'lum qildi mamlakat prezidenti Bashar Asad "Al-Vatan" gazetasiga bergan intervyusida.

"Halabni ozod qilish Suriyadan terrorchilarni chiqarib yuborish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi, biroq urush ular butunlay yo‘q qilinmagunga qadar davom etadi", - degan davlat rahbari.

"Terrorchilar Suriyaning boshqa tumanlarida bor va biz ular bilan jang qilamiz", - qo‘shimcha qildi Asad.