15:42 / 08.12.2016
14634

Xitoy muzyorar kemasi Antarktida muzlarida tiqilib qoldi

Xitoyning "Syuelun" muzyorar kemasi Antarktidagi yirik muzlar orasida tiqilib qoldi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi. 

Ayni damda vertolyotlar va qorda yuradigan mashinalar hududni tadqiq qilish bilan band. Ular kemani muzlik asiridan olib chiqish harakatida.

Ma'lumot uchun, Xitoy Antarktidada 1984 yildan beri tadqiqot olib boradi. So‘nggi yillarda XXRning bu yerdagi faolligi ancha oshgan: o‘tgan yili xitoylik olimlar sayyoraning eng janubiy qit'asida to‘rtinchi tadqiqot bazasini ochishdi.

Ayni damda esa Xitoy qutb tadqiqotlari uchun Ukrainadan 1993 yilda xarid qilingan Xue Long ("Syuelun") muzyorar kemasidan foydalanmoqda. U mamlakatdagi hozircha yagona shunday kema sanaladi.

Antarktida esa foydali qazilmalarga juda boy bo‘lib, u yerda dunyodagi eng yirik tosh ko‘mir va temir rudasi, mis, qo‘rg‘oshin, oltin, nikel, molibden, rux hamda marganets konlari topilgan. 

Mavzuga oid
Top