12:18 / 08.12.2016
8412

Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: AP

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Xitoy seysmologiya markazi.

Avvalroq, Sinxua agentligi 6,4 magnitudali yer silkinishi haqida ma'lum qilgandi.

Zilzila Chantszi-Xuey avtonom tumanidagi Xutubi uyezdida 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 10:15) qayd etildi. Uning o‘chog‘i yer tubidan olti kilometr chuqurlikda joylashgan.

Vayronalar va jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot berilmadi.
 

Top