09:18 / 08.12.2016
10154

Krishtianu Ronaldu plastik idish bilan antiqa tryuk bajardi

Futbolchi Krishtianu Ronaldu Pokerstars aksiyasi doirasida ichida suvi bo‘lgan plastik idish bilan antiqa tryuk bajardi. Ushbu tryuk videosi Ronalduning Instagram’dagi sahifasida paydo bo‘ldi.

Futbolchi plastik idishni uloqtirganda u tagi bilan yerga tushib, joyida qotgan. Biroq videodan futbolchi haqiqatan buning uddasidan chiqqani yoki biror nayrang ishlatganini bilish mushkul. Futbolchi bu tryukni basketbolchi Dueyn Ueydning chorloviga javob tariqasida bajardi. Avvalroq AQShning Milliy basketbol uyushmasining "Chikago Bulls" jamoasi basketbolchisi ko‘zi bog‘langan holda savatchaga to‘pni tushirgan rolikda suratga tushgandi.  

Mavzuga oid
Top