18:35 / 08.12.2016
8321

Mars One qizil sayyoraga kishilarni jo‘natish muddatini yana ortga surdi

Mars One xususiy fazo korporatsiyasi qizil sayyoraga borish muddatini to‘rtinchi bor qoldirdi. U o‘zining barcha raqobatchilardan oldin kishilarni Marsga jo‘natmoqchi edi, deb xabar qiladi The Verge kompaniya blogiga tayanib.

Endilikda kompaniya bu ishni 2031 yilda amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 

Loyiha 2012 yildan beri bir necha marotaba ortga surildi. Avvalroq, kishilarni sayyoraga 2024, so‘ngra esa 2025, keyinroq 2027 yilda jo‘natish maqsad qilingandi.

Gollandiya korxonasining ma'lum qilishicha, rejalar “sarmoyadorlarga moliya kiritish uchun ko‘proq vaqt berish” maqsadida amalga oshirildi. 

O‘zgarishlar bo‘lajak ekipaj mashg‘ulotlariga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Endilikda ular 2018 yildan avval boshlanmaydi.

Avvalroq, Mars One 200 ming kishi ichidan 100 nafar insonni tanlab olgani ma'lum qilingandi. 

NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, Marsga parvoz 100-200 milliard dollarga tushadi. 

Mavzuga oid
Top