18:19 / 08.12.2016
8246

Mashhur basketbolchilar o‘yin vaqti tugashini kutib, Water Bottle Challenge o‘ynashdi

MBAning amaldagi g‘olibi «Klivlend Kavalers» a'zolari Lebron Jyeyms va Kayri Irving «Nyu-York Niks» jamoasi bilan kechgan g‘alabali uchrashuv yakunida o‘yin vaqti tugashini kutib, ichida suv bo‘lgan butilkani aniq mo‘ljalga olishga harakat qilib ko‘rishdi. Ularning xatti-harakati ESPN telekanali xodimlari e'tiborini o‘ziga tortgan.

Buning o‘ziga xos jihati shundaki – o‘yinchilar idishni aylantirgan holda tashlashga urinib ko‘rishgan. Basketbolchilar buning uddasidan chiqa olishmadi. 

Ro‘y bergan holat esa tomoshabinlar va ESPN xodimlari e'tiborini o‘ziga tortgan: tasvirchi ham o‘yinni emas, «Kavalers» zaxira o‘rindig‘ini suratga olishga tushib ketdi. 

Mavzuga oid
Top