AQShning rivojlanayotgan mamlakatlarga ta'sir o‘tkazishi oddiy tizimga asoslangan: ular ertami-kechmi buning tovonini davlat mulki bilan, Amerika biznesini kiritish yoki harbiy bazasini joylashtirish orqali to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
15 yil deganda Gruziya, keyin esa Ukraina Rossiya ta'siri ostidan chiqib ketdi. O‘tgan hafta esa Qirg‘iziston ham siyosiy bayonot bilan chiqdi: mamlakat prezidenti Rossiya harbiy bazasidan qutulish istagini bildirdi. Amerika tashqi siyosiy mashinasining joriy moliyaviy yil uchun taqdim etgan byudjyet loyihasiga bergan tushuntirish xatidan ma'lumki, Qirg‘iziston — AQSh Davlat departamentining MDH davlatlaridagi ustuvor nishonlaridan biri.
Xayrli ishlarni moliyalashtirish hajmi bo‘yicha Qirg‘izistondan tashqari, Armaniston, Tojikiston va Moldova alohida qayd etilgan — so‘nggi ikki yilda ularga safarbar etilgan byudjyetlar 3 hissa oshib, bir necha o‘n million dollarni tashkil etdi. Armaniston - 26,4 million dollar, Tojikiston - 41,6 million dollar, Qirg‘iziston - 51,8 million dollar, Moldova - 59,1 million dollar.




Bu Belarus (9 million dollar), Qozog‘iston (8,8 million dollar), Ozarboyjon (12,9 million dollar), Turkmaniston (4,8 million dollar), O‘zbekiston (10,6 million dollar)ga qaraganda bir necha barobar ko‘pdir - Davlat departamenti liniyasi bo‘yicha bu mamlakatlarga ajratilgan pul mablag‘lari ikki yilda atigi 5-20 foizga o‘sgan. Eng ko‘p byudjyet Ukrainada (294,9 million dollar, bir yil avval yarim milliard dollar bo‘lgan), shuningdek Gruziyada (90,3 million dollar, 20 foizga o‘sgan) qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, Gruziya MDHdan chiqib ketgan, mamlakat hukumati o‘z hududida Amerika harbiy bazasini joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda.
Davlat departamenti hujjatlarida AQShning ta'sir o‘tkazish tamoyili yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. U yoki bu rivojlanayotgan mamlakatning muammoli nuqtasi belgilanadi (masalan, fuqarolik huquqlari, chuchuk suv yetishmovchiligi, OITS, kichik biznesdagi muammolar) - mahalliy xalq buning uchun minnatdor ham bo‘ladi. Biroq oxir-oqibat, bunday islohotlar natijasida ushbu davlatlar olayotgan yordamidan ko‘proq narsasini boy beradi. Investitsiyalar muddati va dividentlar turlari bir-biridan farq qilishi mumkin.










