20:00 / 09.12.2016
13016

Abe Poroshenkoga Putin bilan nima haqda gaplashishini aytib berdi

Foto:president.gov.ua

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoga telefon orqali oliy darajadagi rossiya-yapon muzokaralari nima haqida bo‘lishini tushuntirib berdi, deyiladi Yaponiya TIV xabarida.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Abe RF prezidenti Vladimir Putin bilan Rossiya bilan tinchlik shartnomasiga erishish masalasini hal etish borasida suhbatlashmoqchi.

RF-Yaponiya oliy darajadagi muzokaralari 15-16 dekabr kunlariga mo‘ljallangan, aniqlik kiritgan tashqi siyosat mahkamasi.

Yaponiya TIVning xabar berishicha, telefondagi suhbat asosan Ukrainadagi vaziyat borasida bo‘ldi. Abe barcha tomonlarning Minsk kelishuvlarini bajarishi haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, Poroshenko bu boradagi "kuchli ishtiyoqini bildirgan".
 

Top