12:31 / 09.12.2016
9546

Amerikalik aktyor Kirk Duglas 100 yoshga to‘ldi

© EPA/PAUL BUCK

Amerikalik afsonaviy aktyor, Hollivudning oltin davri yulduzlaridan biri Kirk Duglas 9 dekabr kuni o‘zining 100 yoshini nishonlamoqda.

Aktyorning o‘zi Closer Weekly nashriga bergan intervyusida tug‘ilgan kunini Los-Anjyelesdagi (Kaliforniya shtati) villasida katta bayram tarzida nishonlashni maqsad qilganini aytgan. “O‘g‘lim va kelinim 100 yoshli tug‘ilgan kunimni o‘tkazishni tashkillashtirishadi”, - dedi Hollivud veterani 72 yashar o‘g‘li Maykl Duglas va uning 47 yashar rafiqasi Ketrin Zeta-Jonsni nazarda tutar ekan.
“Tadbirda oilaning 200ga yaqin do‘sti va a'zolari kelishi ko‘zda tutilgan”, dedi aktyor.

“Spartak” filmidan lavha

Kirk Duglas “Spartak” (1960), “Mayning yetti kuni” (1964), “Oilaviy qiymat” (2003) va boshqa ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan.
 

Mavzuga oid
Top