Buyuk Britaniyada mamlakatning YeIdan chiqish masalasi bo‘yicha 4 kun davom etgan sud ishi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.

"Bu ishda asosiy masala natijasi qonunan kuchga kirishi mumkin bo‘lgan jarayon bilan bog‘liq. Og‘zaki va yozma shaklda keltirilgan dalillarni keraklicha o‘rganib chiqishimiz uchun bizga vaqt talab qilinadi", - dedi sud organi raisi lord Devid Noyberger.

Shuningdek u sud ishi davomida Brexit referendumi natijalarini bekor qilish masalasi muhokamaga qo‘yilmaganini ta'kidladi va sud bu boradagi qarorini imkon qadar tezroq chiqarishiga va'da berdi.