01:55 / 09.12.2016
12563

Yevropa ligasi. «MYu» so‘nggi turda keyingi bosqich masalasini hal qildi

Foto: Twitter/EuropaLeague

Yevropa ligasining yana bir necha guruhlarida uchrashuvlar yakunlandi va 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

A guruhi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi so‘nggi turda «Feyyenord» jamoasiga qarshi mehmonda juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu jamoaga guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini taqdi etdi.

«Manchester Yunayted» esa Ukrainada «Zarya» mehmoni bo‘lib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi yo‘llanmagan ega chiqdi.

Feyyenoord (Gollandiya) – Fenerbaxche (Turkiya) 0:1 (0:1)
Gol:
Sou, 22 (0:1).
Feyyenoord: Jons, van der Xeyden, Nelom, Karsdorp, Bottegin, Tornstra (Basadjikoglu, 46), Trindade (Kramer, 76), Kyuyt, El-Axmadi, Elia, Yorgensen.
Fenerbaxche: Demirel, Ker, Kaldirim, Ozbayrakli, Shkrtel, Lens (Shen, 70), Souza, Topal (Noyshtedter, 86), Potuk, Sou, van Persi (Emenike, 75).
Ogohlantirishlar: Souza (37), Kyuyt (55), Demirel (75), Shkrtel (78), Shen (82).

A guruhi yakuniy jadvali: 1. «Fenerbaxche» — 13 ochko; 2. «MYu» — 12; 3. «Feyyenoord» — 7; 4. «Zarya» — 2.

B guruhi

Bu guruhda so‘nggi turda Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasi mag‘lubiyatga uchrashiga qaramay keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Yunonlardan ustun kelgan «APOEL» esa birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘llanma oladigan bo‘ldi. 

Shveytsariyaning «Yang Boyz» klubi esa «Astana»dan ustun kelganiga qaramay keyingi bosqich yo‘llanmasidan quruq qoladigan bo‘ldi.

APOEL (Kipr) – Olimpiakos (Gretsiya) – 2:0 (1:0)
Gollar:
da Koshta, 20 (1:0, avtogol); de Kamargo, 83 (2:0).
Ogohlantirishlar: Aleksandru, 51; Aloneftis, 85 – da Koshta, 45; Villemen, 67.

Yang Boyz (Shveytsariya) – Astana (Qozog‘iston) – 3:0 (0:0)
Gollar:
Frey, 63 (1:0); Oaro, 66 (2:0); Shik, 71 (3:0).

B guruhi yakuniy jadvali: 1. APOEL — 12 ochko: 2. «Olimpiakos» — 8: 3. «Yang Boyz» — 8: 4. «Astana» — 5.

C guruhi

Guruhda yagona intriga muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqqan «Sent-Eten» va «Anderlext» jamoalari o‘rtasida guruh g‘olibini aniqlash uchun o‘tishi lozim bo‘lgan uchrashuv edi. Belgiyada kechgan uchrashuvda fransuzlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib 1-o‘rinni egallaydigan bo‘ldi. Guruhda boshqa uchrashuvda «Maynts» «G‘abala»dan ustun keldi.

Anderlext (Belgiya) – Sent-Eten (Fransiya) – 2:3 (2:0)
Gollar:
Kipchu, 21 (1:0); Stanchu, 31 (2:0); Syoderlund, 62 (2:1); Syoderlund, 67 (2:2); Monne-Pake, 74 (2:3).
Noaniq penalti: Seve (54, Sent-Eten).
Ogohlantirishlar: van Kamp, 53; Xanni, 87; Teodorchik, 87; Adjyey, 90 – Tannan, 90.

Maynts (Maynts, Germaniya) – G‘abala (Ozarboyjon) – 2:0 (2:0)
Gollar:
Xak, 29 (1:0); de Blasis, 40 (2:0).
Ogohlantirishlar: Byussmann, 66; Samperio, 76 – net.

C guruhi yakuniy jadvali: 1. «Sent-Eten» — 12; 2. «Anderlext» — 11: 3. «Maynts» — 9; 4. «G‘abala» — 0.

D guruhi

Guruhda 5ta uchrashuvda yutgan «Zenit» so‘nggi turda Niderlandiyaning «AZ» jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Bu natija alkmaarliklarga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi. 

«Makkabi» esa so‘nggi turdagi g‘alabasiga qaramay guruhda «Dandolk» bilan birga qolib ketadigan bo‘ldi.

AZ Alkmar (Gollandiya) – Zenit (Rossiya) 3:2 (2:0)
Gollar:
Rinstra, 7 (1:0); Xaps, 43 (2:0); Juliano, 58 (2:1); Tankovich, 68 (3:1); Vuytens, 80 (3:2, avtogol).
Ogohlantirishlar: Bel Hassani (66), Yohansson (81).

Makkabi (Tel-Aviv, Isroil) – Dandolk (Irlandiya) 2:1 (2:1)
Gollar:
Ben-Xaim, 21 (1:0, pen); Dasa, 27 (1:1, avtogol); Mixa, 38 (2:1).
Ogohlantirishlar: Golasa, 11 – Rodjyers, 20; Xorgan, 75.

D guruhi yakuniy jadvali: 1. «Zenit» — 15 ochko; 2. AZ — 8; 3. «Makkabi» — 7; 4. «Dandolk» — 4.

E guruh

«Roma» muddatidan oldin birinchi o‘rin masalasini hal qilgandi. Rimliklar so‘nggi turda «Astra» mehmoni bo‘lib durang natija qayd etishdi. Mazkur durang ruminlarga guruhda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini berdi. 

«Viktoriya Plzen» esa Venaning «Austriya» klubini mag‘lub etdi va o‘zi bilan birga avstriyaliklarni ham yevrokuboklardan chiqib ketishini ta'minladi.

Astra (Ruminiya) – Roma (Rim, Italiya) – 0:0
Ogohlantirishlar:
Lovin, 38; Alibek, 56; Mansali, 90+4 (barchasi Astra).

Viktoriya Plzen (Chexiya) – Austriya (Avstriya) – 3:2 (1:2)
Gollar:
Xoltsxauzer, 19 (0:1, pen); Rotpuller, 40 (0:2); Gorjava, 44 (1:2); Dyurish, 72 (2:2); Dyurish, 84 (3:2).
Ogohlantirishlar: Krmenchik, 43; Petrjyela, 74; Rjyeznik, 90 – Filipovich, 43; Marchinko, 86; Kayode, 90.
Chetlatish: Geyda (18, Viktoriya).

E guruhi yakuniy jadvali: «Roma» — 12; 2. «Astra» — 8; 3. «Viktoriya Plzen» — 6; 4. «Austriya» — 5.

F guruh

Bu guruhda pley-off yo‘llanmalari masalaga oydinlik kiritib bo‘lingandi. Venada «Rapid» va «Atletik» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv  1:1 hisobida durang natija bilan tugadi. «Sassuolo» va «Genk» o‘rtasidagi uchrashuv kuchli tuman tufayli 9 dekabrga qoldirildi. Agar uchrashuvda belgiyaliklar g‘alaba qozongan taqdirda guruhda birinchi o‘rinni egallashi mumkin bo‘ladi.

Rapid V (Vena, Avstriya) – Atletik B (Bilbao, Ispaniya) – 1:1
Gollar:
Joelinton, 72 (1:0); Saborit, 84 (1:1).
Ogohlantirishlar: Joelinton, 84; Auer, 89; Veber, 90+4 – Benyat, 88.

F guruhi turnir jadvali: 1. «Atletik» — 10 (6 uchrashuvda); 2. «Genk» — 9 (5 uchrashuv); 3. «Rapid» — 6 (6 uchrashuv); 4. «Sassuolo» — 5 (5 uchrashuv).

Top