09:21 / 09.12.2016
5729

Hindistonda olti qavatli uy qulab tushdi

Foto: ANI

Hindistonning Haydarobod shahri yaqinida olti qavatli uy qulab tushgan. Buning oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lib, ikki nafar inson jiddiy jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar tarqatdi.

Shuningdek, o‘nlab kishilar vayronalar tagida qolgani aniqlangan.

Voqea payshanba kuni tungi vaqtlarda sodir bo‘ldi. Qutqaruv ishlari ertalabga qadar davom etgan.

NDTV ma'lumotlariga ko‘ra, uy yaqinda qurilgan bo‘lib, hodisa yuz bergan vaqtda uning ichida beshta oila bo‘lgan.
 

Top