Fan-texnika | 08:18 / 09.12.2016
4617
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft yirik ijtimoiy tarmoqlardan birini xarid qildi

Foto: d-x-a.co.uk

Microsoft korporatsiyasi LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni yakuniga yetkazdi, deb xabar qildi tarmoq rahbari Jyeff Veynera o‘zining tvitterida. 

«Bugun Microsoft kompaniyasi tomonidan LinkedIn’ni xarid qilish bo‘yicha kelishuv yakuniga yetkazildi. Biz bilan oldinga qarab qadam qo‘ying», - deya yozgan u.

Kelishuv qiymati 26,2 millard dollarni tashkil etdi.

Avvalroq, Yevrokomissiya ushbu kelishuvni ma'qullagani xabar qilingandi.
 

Mavzuga oid