08:13 / 09.12.2016
4454

Orbitaga parvoz qilgan birinchi amerikalik astronavt hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Reuters

Orbita bo‘ylab birinchi fazo parvozini amalga oshirgan amerikalik va Ohayo shtatidan senator bo‘lgan Jon Glenn 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Glenn sharafiga nomlangan The John Glenn College of Public Affairs universitetining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Xenk Uilson sobiq astronavt kasalxonada hayotdan ko‘z yumganini tasdiqladi.

Ma'lumot uchun, Glenn fazoga chiqqan uchinchi va orbita bo‘ylab parvozni amalga oshirgan ilk amerikalikdir. U Yer atrofida uch marotaba aylanib uchib o‘tib, keyinroq 24 yil davomida AQSh yuqori palatasida Ohayo shtatidan demokrat-senator bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.

Glenn 1998 yili 77 yoshida yana fazoga parvoz qilib, bunday missiyani amalga oshirgan eng keksa astronavtga aylandi.
 

Top