12:39 / 09.12.2016
22307

«O‘rgimchak odam: Uyga qaytish» filmining to‘liq treyleri taqdim etildi

Skrinshot: Youtube/SonyPicturesRU

Internetda bosh qahramon  rolini Tom Holland va salbiy qahramon («Kalxat») obrazini gavdalantirgan Maykl Kiton ijrosida «O‘rgimchak odam» filmining to‘liq treyleri taqdim etildi.

Filmda yuqori sinfda tahsil olayotgan Piter Parkerning tarixi hikoya qilinadi. Kartinaning yangi talqini Marvel Studious va Sony Pictures kompaniyalari hamkorligida suratga olingan. Holland bungacha O‘rgimchak obrazida «Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik» filmida gavdalangan edi.

«O‘rgimchak odam: Uyga qaytish» kartinasi 2017 yilning 6 iyul kuni katta ekranlarga chiqadi.

Mavzuga oid
Top