Koreya Respublikasi parlamenti juma kuni prezident Pak Kin Xega impichment bo‘yicha ovoz berdi. Bu uning o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqish haqidagi qaroriga qaramay ro‘y bergan. Nima uchun parlament impichmentni yoqlab ovoz berdi va prezident qanday qilib bu holatga tushib qoldi?
Pak Kin Xe qanday qilib hukumat tepasiga kelgan?

“Senuri” siyosiy partiyasi vakili bo‘lgan Pak Kin Xe 2013 yilning fevral oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. U o‘zining partiyadoshi Li Myon Bakni alishtirgan. Prezidentlik saylovlarida Pak saylovchilarning 51,55 foiz ovozini olib, Janubiy Koreya tarixidagi ilk ayol-prezidentga aylandi.
Kin Xening otasi Pak Chjon Xi mamlakatdagi siyosiy beqarorlikka yakun yasab bergan inqilob tepasida turgan. Shundan so‘ng Janubiy Koreya xalqi 1963 yilgi saylovlarda uni o‘z prezidenti etib sayladi.
Siyosiy inqirozga nima sabab bo‘ldi?

Siyosiy inqiroz oktabrda avj olib ketdi. Janubiy Koreyaning yetakchi OAV prezidentning yaqin dugonasi Chxve Sun Sil va ikki nafar prezidentlik ma'muriyati a'zolari prezidentning ichki va tashqi siyosiy qarorlariga ta'sir ko‘rsatgani haqida maqolalar chop etishni boshlab yuborishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Chxve Sun Sil Kin Xe bilan 1970 yillardayoq do‘st tutingan.
Prezidentga nisbatan prokuraturaning tekshiruv natijalari Chxve Sun Sil va prezident ma'muriyatining ikki sobiq xodimi 50 dan ortiq mamlakat firmalarini o‘nlab million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni Chxve Sun Sil nazorati ostida bo‘lgan ikki jamg‘armaga o‘tkazish berishga majburlashganini ko‘rsatib berdi. Pak Kin Xe esa, prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, dugonasining xatti-harakatidan xabardor bo‘lgan va ehtimol unda o‘zi ham ishtirok etgan.
Prezidentning bunga munosabati qanday bo‘ldi?











