09:03 / 10.12.2016
16500

10 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto:kun.uz

9 dekabr tuni va 10 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni yangi rahbarlik lavozimi bilan qutlab, uni Kiyevga taklif qildi.

Fransiyaning Oliy ma'muriy instansiyasi  — Davlat kengashi — qozog‘istonlik sobiq bankir Muxtor Ablazovni Rossiyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha qarorni bekor qildi.  >>> Batafsil 

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovlardan keyingi ilk kunlarda o‘zining bir necha kompaniyasini yopgan. Ular orasida Saudiya Arabiston bilan bog‘liq bo‘lgan 4ta kompaniya ham bor.  >>> Batafsil 

Moldova parlamenti juma kuni Kishinyovda NATOning aloqa byurosini ochish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi.  >>> Batafsil 

9 dekabr kuni Chexiya parlamentining quyi palatasi uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng, 2017 yilning may oyidan boshlab kuchga kiradigan, jamoat joylari va jamoat transporti bekatlarida tamaki mahsulotlarini chekishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.  >>> Batafsil 

Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning korteji YTHga uchradi.  >>> Batafsil 

Amerikalik afsonaviy aktyor, Hollivudning oltin davri yulduzlaridan biri Kirk Duglas 9 dekabr kuni o‘zining 100 yoshini nishonladi.  >>> Batafsil 

Daniyada yashovchi David Lyusgor Amerikaning Apple kompaniyasiga qarshi sud ishida  g‘olib bo‘ldi.   >>> Batafsil 

UYeFA bosh kotibi o‘rinbosari Jorjio Marketti 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab Chempionlar Ligasida o‘yinlar turli vaqtlarda o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi.  >>> Batafsil

Top