AQSh prezidenti: Shavkat Mirziyoyevning Prezident etib saylangani O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi
O‘zbekistonda 2016 yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytining xabar berishicha, AQSh prezidenti Barak Obama ham Shavkat Mirziyoyevni tabriklab telegramma jo‘natgan.
Unda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyevning Prezident etib saylangani O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi.
Barak Obama Mirziyoyevni mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e'tiborini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tgan. “Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman”, - deyiladi tabrik telegrammasida.
AQSh prezidenti O‘zbekiston hukumati bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024