15:10 / 10.12.2016
9714

Apple do‘konidagi ikkita o‘g‘irlik 25 soniya ichida sodir bo‘ldi

San-Frantsiskodagi Apple do‘koni to‘rt kun davomida ikki marotaba o‘marib ketildi. Eng qizig‘i, har ikki o‘g‘irlik o‘n ikki soniya davom etgan: jinoyatchilar binoga kirib, qo‘llari tushgan barcha uskunalarni uzib olib, o‘marishgan.

Bunday holatlar Apple o‘g‘rilarga texnikani o‘marish imkonini bermagan xavfsizlik kabellaridan voz kechishi tufayli ko‘paygan. Kompaniya ayni damda uskunalarni “Find my iPhone” servisi yordamida masofadan turib o‘chirish imkonidan foydalanmoqda.

Top