00:02 / 10.12.2016
26032

Lavrov Reuters xodimini haqorat qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Reuters agentligi operatorini haqorat qildi. Ukrainaning  «Gromadske» telekanali buni tasdiqlovchi videorolikni taqdim etdi. Reuters agentligining original roligida ham Lavrovning "ahmoqlar" degan so‘zi eshitilgan. 

Video Lavrovning Gamburgda Germaniya TIV rahbari Frank Valter Shtaynmayyer bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tasvirga tushirilgan. 

Lavrov dahlizdan o‘tib ketayotib, kameraga qaraydi va Reuters operatoriga "What do you want? (Nima istaysiz?)" deb murojaat qiladi. Shundan keyin u "ahmoqlar", deb qo‘shib qo‘yadi. 

Lavrov bu so‘zni birinchi marta qo‘llashi emas. 2015 yilning avgustida u matbuot konferensiyasi paytida  mikrofon oldida to‘satdan beodob so‘zni qo‘llagan. 

Rossiya TIVda idora rahbaridan hech beodob so‘zlarni eshitishmaganligini ma'lum qilishgan. Oxir-oqibat Lavrovning aytgan so‘zlari memga aylandi. 

Mavzuga oid
Top