20:43 / 10.12.2016
10071

Olimlar o‘rganayotgan akula oddiy baliqchilar tomonidan tutib olindi

Baliqchilar tomonidan AQShning Shimoliy Karolina qirg‘oqlarida ushlangan akula-mako (Isurus oxyrinchus)da GPS qurilma o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi. Aniqlashlaricha, uni jonivorning hayotini o‘rganayotgan olimlar o‘rnatgan bo‘lib chiqdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda qurilma o‘rnatilgan akula shu paytga qadar o‘n uch yarim ming kilometrga yaqin masofani suzib chiqqan. Bu haqda The Charlotte Observer xabar bermoqda.

GPS qurilma jonivorga Gay Xarvi nomidagi tadqiqot universiteti olimlari tomonidan o‘rnatilgan. Ular jonivorning yelka qismiga ushbu qurilmani 2015 yilda Merilend shtatining Oushen-Sitidan uncha uzoq bo‘lmagan joyida o‘rnatishgan edi. Baliqni esa o‘tgan oyda oddiy baliqchilar tutib olgan. Akula suzish davrida GPS qurilma 265ta ma'lumotni aniqlagan. Ularning eng oxirgisi 24 noyabr kuni, tutilish vaqtida olingan.

Ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, u bir kunda 24 kilometr masofani suzib o‘tgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, baliqchilar GPS qurilmani ma'lumotlari bilan birga qaytarib berishganidan xursand bo‘lishgan.

 

Mavzuga oid
Top