19:51 / 10.12.2016
3763

Parijda Suriya bo‘yicha vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: AP

Fransiya poytaxti Parij shahrida Suriya bo‘yicha vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Suriyadagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchi bir qator mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

Ularning fikricha, Suriyadagi mojaroni harbiy yo‘l bilan bartaraf etish mumkin emas. Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abdul Rahmon Al Tanining ma'lum qilishicha, uchrashuv juda muhim pallada bo‘lib o‘tmoqda. "Afsuski, biz besh yildan beri nozik paytda uchrashib kelmoqdamiz. Har gal – mana bu juda ham nozik davr deymiz. Biroq Suriya hozirda umuman buzilib ketish jarayonida turibdi. Halab – butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin", - degan vazir.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya va Rossiya muxolifat vakillari Halabni tark etgach, ularning hayotiga hech nima xavf solmasligiga kafolat berishlarini kerakligini aytib o‘tdi.

GFR TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayyer esa Halabga gumanitar yordam berish, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bo‘yicha barcha usuldan foydalanish kerakligini ma'lum qildi. 

Uning ma'lum qilishicha, “agarda Rossiya, Eron va suriya rejimi Halabda hamon “Al-Nusra” va ularga yaqin bo‘lgan radikal jangarilar guruhlari qolayotgani haqida ma'lum qilishsa”, u “bunday bayonotlarga e'tiroz bildira olmaydi”.

Mavzuga oid
Top