09:43 / 10.12.2016
7444

WSJ: AQShning yangi Davlat kotibligiga asosiy nomzod ma'lum bo‘ldi

AQShning eng yirik neft kompaniyasi ExxonMobil rahbari Reks Tillerson Donald Tramp ma'muriyatida davlat kotibi lavozimiga asosiy nomzod bo‘ldi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tillerson Trampning «muvaffaqiyatli» siyosatiga mos keladi.

Avvalroq, Tramp davlat kotibligiga MRB sobiq rahbari Devid Petreus, Tennesi shtati senatori Bob Korker, Massachusets sobiq gubernatori Mitt Romni va Nyu-York sobiq hokimi Rudolf Juliani nomzodlarini ko‘rib chiqqani xabar qilingan edi.

 

Top