Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish bo‘lgan.
"Bu kecha biz terrorning manfur yuziga yana bir bor amin bo‘ldik. “Beshiktosh” – “Bursaspor” o‘yinidan so‘ng amalga oshirilgan teraktlardan shu narsa ayon-ki, ular yanada ko‘p odamni o‘ldirishmoqchi bo‘lgan. Afsuski, bizda qurbonlar va yaradorlar bor", — degan Turkiya prezidenti.








