09:45 / 11.12.2016
25682

Shohruhxon yangi filmi uchun muxlislarini Dubayga chaqirmoqda

Bollivud yulduzi Shohruhxonning so‘nggi filmida gid sifatida suratga tushgan bo‘lib, u Dubay bo‘ylab o‘z muxlislarini yig‘moqda. Dubay turizm va tijorat marketingi bo‘limi Xon ishtirokidagi qisqa filmni namoyish etdi. Unda aktyor shaharni qanday kezib chiqayotgani tasvirlangan. 

"Bu mening Dubayim, men bilan birga yur", deydi u kadrlarning birida. Boshqa kliplar esa Osiyoning eng mashhur 51 yoshli yulduzi  Dubay Skydive'da o‘z muxlislarini hayron qoldirganini aks ettiradi. Keyin esa u qirg‘oq bo‘yiga borib, yugurayotganlarni hayratga soladi va volleybol o‘ynayotgan bir guruh kishilarga qo‘shiladi. Bu vaqtda esa aktyorning muxlislari ushbu kutilmagan hodisalarni suratga olishadi. 

Shundan so‘ng, u ofitsiant sifatida ishlab, yuqori sinf restoranida muxlislarga syurprizlar ulashadi. Keyin Dubay Mall'ga xarid qilgani tashrif buyuradi. So‘nggi kadrda esa aktyor Burj Xalifa va Dubay favvorasi bo‘ylab yurgani tasvirlanadi va u "Mening mehmonim bo‘ling" deb aytadi.

"Dubay siz bilan bir umrga qoluvchi cheksiz taasurotlarni taqdim etadi. Agarda parashutdan sakrash, sahroda kezish yoki mazali ta'mlardan ta'tib ko‘rish kabi sarguzashtlarga boy safarni istasangiz, bu shahar oilangiz, do‘stlaringiz yoki juftingiz bilan sayohat qilishingiz uchun chinakam hordiqni tuhfa qiladi. Dubay turizmi bilan ishlash mazkur shaharni yangitdan kashf etishimda menga katta zavq bag‘ishladi. Men Dubayning mo‘'jizasiga yana qaytishni intizorlik bilan kutib qolaman", - dedi Shohruhxon o‘z intervyusida.

"Shohruh Dubay va Hindiston o‘rtasida chindan ham chiroyli munosabatlarni ko‘rsatib bergan. Bizning Hindiston bilan doimiy muloqotimiz va tariximiz bunday birlashuvni mustahkamlovchi bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2020 yilga kelib har yili 20 milliondan ortiq mehmonlar tashrif buyurishi kutilayotgan rejalarimizga muvofiq bizning turizm sohasidagi izlanishimiz har yili o‘sib bormoqda. Biz butun dunyodan hindlarni Shohruhxon Dubayni o‘zida qanday sinab ko‘rayotganini tomosha qilishlari uchun chaqirganimizdan xursandmiz", - deydi Dubay turizm va tijorat marketingi korporatsiyasining bosh direktori  Issom Kozim.

Mavzuga oid
Top