15:18 / 12.12.2016
5474

Afg‘onistonda “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri yo‘q qilindi

Foto: AP

Afg‘oniston sharqidagi Parvan viloyatida “Tolibon” radikal harakati qo‘mondonlaridan biri Mulla Naim Ko‘r yo‘q qilindi. U harbiy amaliyot vaqtida o‘ldirilgan, deb xabar berdi mamlakat IIV dushanba kuni.

“Afg‘oniston milliy fuqarolik politsiyasi Parvan viloyatidagi Siyoh Gard aholi punktida maxsus amaliyotni o‘tkazdi. Uning natijasida Umaduddin nomi bilan tanilgan Mulla Naim Ko‘r yo‘q qilindi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, yana uch nafar jangari jarohat olgani ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylar davomida jiddiy yomonlashgan. Avval mamlakatning asosan qishloq joylarini egallab turgan “Tolibon” harakati yirik shaharlarga hujum boshladi. Shuningdek, mamlakat hududida IShID ta'sir doirasi ham kengaygani aytilmoqda.

Top