21:46 / 12.12.2016
7657

"Aqlli qoshiqlar" bir tomchini ham uvol qilmaydi

Kamera yoki dronlardagi stabilizatorlar - odatiy konstruksiya elementlari: ular qo‘l qimirlab ketishi  natijasida  tasvirning xiralashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Liftware ishlab chiqaruvchilari stabilizatsiya tizimlarini qo‘llashning yana bir usulini topishdi - maxsus mexanizmlar qoshiqlarga o‘rnatildi. Ularning qanday ishlashiga oid video internet tarmoqlarida tezkorlik bilan tarqalmoqda. 

Kompaniya "aqlli qoshiqlar"ning ikki modelini ishlab chiqardi. Birinchisi - Liftware Steady Parkinson va boshqa kasalliklarga chalingan kishilarga yaqindan yordam beradi. Ikkinchisi - Liftware Level  –  harakatlar koordinatsiyasining buzilishida (miya falaji, spastik sharoitlar va b.) qo‘llaniladi. 

Qoshiqlar elektron stabilizatsiya tizimlarini o‘z ichiga olgan. 

Ikki oshxona anjomi ham - stabilizatsiya tizimli ruchka, qoshiq, shuningdek zaryad qurilmani o‘z ichiga olgan to‘plamlardan iborat. Akkumulyator zaryadi taxminan uch marta ovqat yeyishga yetadi. Bunga qo‘shimcha ravishda sanchqi va desert qoshiqchasini ham xarid qilish mumkin. 

Liftware Steady to‘plamida elektron harakat datchiklari va ma'lumotlarni qayta ishlovchi tizim mavjud. Mazkur tizim kasallik belgisi bo‘lgan tremor harakatlarni ongli ravishda amalga oshirilgan harakatlardan ajrata oladi. Qoshiq tremor harakatlarni 70 foizga qisqartirib, bemorlarning mustaqil ovqatlanishi uchun imkon yaratadi. 

To‘plamlar narxi - 195 dollar. Kimlargadir bu qimmatroq tuyulishi mumkin, biroq bemorlarga birovning yordamisiz mustaqil ovqatlanish imkoniyatini qaytarish shunga arziydi. 

Mavzuga oid
Top